“Sopollitepa”ning bolalari bog‘chaga boradi

Date:

Muzrabot tumanining Sopollitepa mahallasida 90 o‘rinli 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur zamonaviy maskan Prezidentning 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida barpo etildi.

Tadbirda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, mas’ul tashkilotlar vakillari, mahalla oqsoqollari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi bog‘chada bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, mazmunli vaqt o‘tkazishi va har tomonlama rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mahalla ahli uchun uzoq yillardan buyon zarur bo‘lib kelgan zamonaviy maktabgacha ta’lim maskanining foydalanishga topshirilishi katta quvonch bilan kutib olindi. Endilikda o‘nlab oilalarning farzandlari o‘z mahallasida qulay sharoitlarda ta’lim va tarbiya oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun