Yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Date:

“O‘zbekiston – Xitoy” xalqaro investitsiya forumi doirasida Surxondaryoga tashrif buyurgan Xitoy kompaniyalari vakillari bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning alohida ishchi uchrashuvlari o‘tkazildi. Muzokaralarda viloyatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, nasoslar ishlab chiqarish va servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy kasblarga ixtisoslashgan texnikum tashkil etish, suvda eriydigan o‘g‘itlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash infratuzilmasini rivojlantirish, “sovuq zanjir” tizimini joriy etish hamda mahalliy mahsulotlarni Xitoy bozoriga eksport qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan “SURXONDARYO HUAMIAN TAIFENG TECHNOLOGY INDUSTRIAL CLUSTER” MCHJ bilan investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvlar yakunida loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish, ularning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va investitsiya obyektlari uchun maqbul hududlarni belgilash bo‘yicha keyingi qadamlar kelishib olindi.

Mazkur loyihalar Surxondaryoda yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda viloyatning investitsiyaviy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Liftlar nazoratda

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi liftlarning xavfsiz va soz holatda...

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...
KunTun
KunTun