Bandlik taʼminlanib, tadbirkorlik rivojlantiriladi

Date:

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish orqali barqaror daromad manbalarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Angor tumanida hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tuman hokimi Qosim Mardonov hamda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Muhokama yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar hamda tegishli topshiriqlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun