Bandixonda 42 million dollarlik agroloyiha

Date:

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha izchil ishlar davom etmoqda. Bu esa hududda hosildorlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Viloyat rahbari Bandixon tumanidagi Xitoy investorlari tomonidan tashkil etilgan “HUAMIAN TAI FENG AGRO BANDIXON” MCHJ XK faoliyati bilan tanishdi. Korxonada 1 421 gektar maydonda Xitoy tajribasi va zamonaviy agrotexnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.

Loyiha doirasida joriy yilda Bandixon tumaniga 42 million dollar xorijiy investitsiya yo‘naltirildi. Mazkur investitsiya ilg‘or agrotexnologiyalarni keng joriy etish, yer unumdorligini oshirish, yuqori hosildorlikka erishish hamda qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun