Takroriy murojaatlar kamaydi…mi?!

Date:

Davlat boshqaruvini zamon talablari asosida takomillashtirish, aholi muammolarini joyida va tezkor hal etish hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish mamlakatimizdagi ma’muriy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
21-oktyabrda qabul qilingan “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni davlat boshqaruvini hududlarda tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim huquqiy asos bo‘ldi.
Farmon davlat boshqaruvi tizimini hududlarda yanada samarali tashkil etish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari faoliyatini mahalliy hokimliklar bilan uzviy bog‘lash hamda aholi muammolarini joyida hal etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim islohotlardan biri hisoblanadi.
Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar)larida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 8 ta tuman (shahar) bo‘linmalari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga o‘tkazildi.
Islohotning asosiy yutug‘i – davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning kuchayishi va boshqaruv qarorlarining tezkor qabul qilinishida namoyon bo‘ldi. Ilgari turli idoralar o‘rtasidagi hujjat aylanishi ko‘p vaqt talab qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashinmoqda, ortiqcha rasmiyatchiliklar qisqarmoqda. Bu esa aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qildi.
Ushbu islohot natijasida Angor tumani hokimligida o‘rganishlar o‘tkazildi. Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyatida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati o‘rtacha 10–15 kundan
7 kungacha qisqardi.
Takroriy murojaatlar soni esa 19 tadan 6 tagacha kamaydi. Bu esa aholi muammolariga joyida va tezkor yechim topish imkoniyati kengayganini ko‘rsatadi.
Yoshlar siyosati sohasida ham islohotlar o‘z samarasini berdi. Endi yoshlar muammolari tuman hokimi rahbarligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilinib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilmoqda. Natijada 2026-yilning besh oyida
642 nafar yoshning muammosi hal etildi. Ularning 107 nafari ish bilan ta’minlandi, 42 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 69 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi, 222 nafariga asbob-uskuna ajratildi. Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatadi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ham amaliy natijalar kuzatildi. Muammoli oilalar bilan ishlash tizimi takomillashtirilib, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy yordam ko‘lami kengaydi. Natijada yuzlab xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi, yuzlab oilalarga subsidiya, kredit va boshqa ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.
Madaniyat sohasida esa mahalliy hokimliklarning tashabbuskorligi ortib, moddiy-texnika bazasini yaxshilashga e’tibor kuchaydi. Madaniyat markazining kapital ta’mirlanishi, namunali madaniyat markaziga aylanishi shunday amaliy ishlardan biri bo‘ldi. Bu kabi tashabbuslar aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Eng muhimi, islohotlar natijasida mahalliy boshqaruvning umumiy samaradorligi sezilarli darajada oshdi. Jumladan, o‘rganishlar o‘tkazilgan Angor tumanida aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilgan kompleks xizmatlar hajmi 50 foizga ko‘paydi, yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shu bilan birga, aholi murojaatlarini hal etish darajasi oshdi, ularni ko‘rib chiqish muddati
14 kundan 5 kungacha qisqardi hamda takroriy murojaatlar ikki baravardan ortiq kamaydi.
[29.07.2026 11:23] A.S.N.: Albatta, o‘rganishlar davomida ayrim muammolar ham aniqlandi. Ayrim elektron axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi yetarli emasligi, moliya, yuridik xizmatlarida ish yuklamasining ortishi kabi masalalar bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan. Bu esa islohotlarning izchil davom ettirilishi va tizimni yanada takomillashtirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Farmon ijrosi doirasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar Angor tumani misolida davlat boshqaruvini aholiga yaqinlashtirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va xizmatlar samaradorligini oshirish mumkinligini amalda isbotlamoqda. Bu tajriba kelgusida mamlakatimizda xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi, ochiq va samarali davlat boshqaruvini shakllantirish yo‘lida muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Ilhom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali bosh inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun