Til talabi kuchaytiriladi

Date:

Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy malakasini mustahkamlash maqsadida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat talabini kuchaytirishga qaratilgan qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga qo‘shimcha kiritilib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, belgilangan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini mehnat qonunchiligiga muvofiq bekor qilish imkoniyati yaratilmoqda.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibda B2 sertifikati talabi mavjud bo‘lsa-da, u mehnat shartnomasini bekor qilish uchun bevosita huquqiy asos sifatida belgilanmagan edi. Taklif etilayotgan o‘zgartirish aynan shu huquqiy bo‘shliqni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 13-yanvardagi 9-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hujjat loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun