“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Date:

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar amalda o‘z samarasini bermoqda. Ana shunday ezgu ishlarning yana bir yorqin namunasi — Paxtakor mahallasida yangi “Bilimdon” o‘quv markazining ish boshlagani bo‘ldi.

E’tiborlisi, markaz tashabbuskori Toshtemir Xolto’rayev davlatimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasining “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m ssuda olib, ushbu zamonaviy ta’lim maskanini tashkil etdi.

Endilikda Paxtakor mahallasidagi yoshlar uzoq masofaga qatnamasdan, o‘z hududiga yaqin joyda sifatli ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishadi. Markazda ingliz tili, matematika, fizika, tarix va boshqa fanlardanxalqaro va milliy sertifikatlarga ega ustozlar saboq beradi.

Bu kabi markazlar nafaqat bilim maskani, balki yoshlarning orzulari sari dadil qadam tashlashiga xizmat qiladigan muhim maydondir. Bandixonda ta’limga e’tibor, yoshlar kelajagiga ishonch va amaliy qo‘llab-quvvatlash izchil davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun