Imkoniyatlar kengaymoqda

Date:

Oltinsoy tumanidagi “Obshir” mahallasini suv bilan ta’minlovchi nasos stansiyasining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida quyosh elektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Ayni paytda obyektda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.  Stansiyaning quvvati 150 kVtni tashkil etadi va  ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida nasos stansiyasining barqaror elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yilib, aholini uzluksiz ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlash imkoniyatlari yanada kengayadi.

Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini rivojlantirish, energiyaning muqobil manbalaridan samarali foydalanish va eng muhimi, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...

Termizda 100 ga yaqin noqonuniy tashqi reklama bartaraf etildi

Termiz shahridagi «Qurilish mollari bozori»da tashqi reklama va davlat...

Salomatlik yo‘lida piyoda kezib…

Denov tumanida «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» shiori ostida...

Denovda yosh qizlar uchun etiket maktabi ochildi

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov tashabbusi bilan “Lochin” mahallasida...
KunTun
KunTun