Surxondaryo pavilyoni e’tirof etildi

Date:

Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi pavilyoni “Eng yaxshi dizayn” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Ko‘rgazmada viloyatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, bioxilma-xillikni asrash, “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda chiqindilarni boshqarish sohasidagi ilg‘or tashabbuslar namoyish etildi.

Mazkur yutuq Surxondaryoda ekologiyani muhofaza qilish, yashil texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning e’tirofi bo‘ldi. Ko‘rgazma davomida xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarga ham erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun