Uch avlod uchrashuvi — tajriba va tarbiya maktabi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida nuroniylar, mehnat va harbiy faxriylar, otaliqqa olingan yoshlar, “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlar va nuroniylarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, faxriylarning hayotiy tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir Termiz garnizonidagi harbiy qismda davom etib, ishtirokchilar harbiylar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, harbiy texnikalar hamda “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Mazkur uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy vorisiylikni mustahkamlash, yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish va hayotiy maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun