Afg‘on shamoli: tadqiqot boshlandi

Date:

Termiz davlat universiteti olimlari va yosh tadqiqotchilari Afg‘on shamolining salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni davom ettirmoqda.

Universitetga qarashli Termiz tumanidagi dala tajriba hududida “Afg‘on shamoli dinamikasini o‘rganish dala tadqiqot maydonchasi” tashkil etilmoqda. Ushbu maydonda talabalar shamol yo‘nalishi va tezligi, chang konsentratsiyasi hamda uning tuproq va o‘simliklarga ta’sirini muntazam kuzatib, ilmiy tahlillar olib bormoqda.

Mazkur tashabbus Afg‘on shamolining ekologiya, qishloq xo‘jaligi va aholi salomatligiga ta’sirini chuqur o‘rganish, shuningdek, uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun