Jarqo‘tonda 4 ming yillik jarrohlik amaliyoti izlari aniqlandi

Date:

Jarqo‘ton yodgorligidan bronza davriga oid noyob arxeologik topilma aniqlandi. O‘zbek va italiyalik olimlar bosh suyagida trepanatsiya — jarrohlik amaliyoti izlari saqlangan bola qoldiqlarini o‘rganib, uning taxminan 4 ming yillik ekanini ma’lum qildi.

Turkiyaning “Arkeofili” jurnali xabar berishicha, mazkur topilma Osiyodagi eng qadimiy jarrohlik amaliyoti namunalaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar bu kashfiyot qadimgi Oks sivilizatsiyasida tibbiyot va inson anatomiyasi haqidagi bilimlar yuqori darajada bo‘lganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

Topilma nafaqat O‘zbekistonning boy tarixiy merosini yana bir bor namoyon etmoqda, balki mintaqada tibbiyot tarixi ildizlari o‘ylanganidan ancha qadimiy ekanini ham tasdiqlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom hayot sari 1000 qadam

Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari “Yoz–2026”...

Qaldirg‘och

Bir kuni qo‘shnim bilan suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt...

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...
KunTun
KunTun