Qalbga quvonch, koʻzlarga nur bagʻishlab

Date:

Qurbon hayiti arafasida yurtimizda mehr-saxovat va insonparvarlik tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar ko‘plab oilalarga quvonch ulashmoqda. Ayniqsa, sog‘lig‘ida muammosi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sherobod tumanida yashovchi Fotima va Zuhra ismli bolajonlarning ko‘z jarrohlik amaliyoti uchun zarur xarajatlar “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab berilishi belgilandi. Endilikda ular ham dunyoni yorug‘ va musaffo holda ko‘rish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Bu kabi insonparvar tashabbuslar ehtiyojmand oilalarga umid bag‘ishlab, jamiyatda mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...

Surxondaryoda 2 mingdan ortiq vakansiya mavjud

Surxondaryoda ish izlayotgan fuqarolar uchun qurilish sohasi va yirik...
KunTun
KunTun