Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh iqtidor egalarini bir maydonga jamladi. 3–4-sinf o‘quvchilari matematika va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda salohiyatini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-sinflar o‘rtasida Termiz shahridagi 13-maktab o‘quvchisi Sodiqova Ruxshonabonu Ravshanovna, 4-sinflar o‘rtasida esa Muzrabot tumanidagi 10-maktab o‘quvchisi Tilavova Oygul Erali qizi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur olimpiada yosh avlodning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iste’dodli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

