“So‘nggi qo‘ng‘iroq” qanday o‘tkaziladi?

Date:

Har bir bitiruvchi uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” unutilmas va hayajonli lahzalardan biri hisoblanadi. Shu bois joriy yilgi tadbirlarni mazmunli tashkil etish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda ortiqcha dabdaba va noqonuniy holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 25-may kuni “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan barcha umumta’lim maktablariga tavsiyalar va namunaviy ssenariylar yetkazilgan.

Tadbirlar davomida namunali xulqi va yuqori natijalari bilan ajralib turgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Shuningdek, farzand tarbiyasida faol bo‘lgan ota-onalarga turli nominatsiyalar bo‘yicha “Minnatdorchilik xat”lari topshiriladi.

Mas’ullar tomonidan tadbirlarni belgilangan tartib va xavfsizlik qoidalari asosida o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ota-onalardan pul yig‘ish, qimmatbaho sovg‘alar berish, norasmiy tantanalar tashkil etish hamda avtomobillarda sayr uyushtirish qat’iyan man etilishi eslatib o‘tildi.

Bundan tashqari, 25–30-may kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Xayr bog‘cha — salom maktab!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun