Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida

Date:

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, umumta’lim maktablarida joriy etilayotgan maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlov jarayonlari respublika bo‘ylab boshlandi. Surxondaryo viloyatida ham mazkur tanlovning dastlabki bosqichi Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilib, unda 1 020 nafar nomzod test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Tanlov jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Nomzodlarning bilim va salohiyatini baholashga qaratilgan test sinovlari belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etildi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov manzilga tashrif buyurib, jarayonlarni kuzatdi hamda tanlovning adolatli va sifatli tashkil etilishi, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sinovlarning belgilangan mezonlar asosida o‘tayotgani bilan yaqindan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rejasi barbod boʻldi

​DXX, Chegara qoʻshinlari va Bojxona qoʻmitasi hamkorligida Surxondaryoda yirik...

“Ibratli oila” — jamiyat faxri

Uzun tumanida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan...

Oltinsoylik yoshlar bo‘sh kelmadi

Termiz shahrida 2026-yilgi “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat...

Karina Himanshiga qarshi…

Toshkent shahri mezbonlik qilgan o‘smir qizlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha...
KunTun
KunTun