Qurbon hayiti oldidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi jome’ masjidlar va qabristonlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Hasharlar davomida hududlar chiqindilardan tozalanib, gul va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda, yo‘laklar tartibga keltirilib, ziyoratchilar uchun qulay va ozoda muhit yaratilmoqda.
Ezgu tashabbuslarda nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, muqaddas maskanlarning fayz-u tarovatini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

