Imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

Date:

Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.

Termiz shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda Termiz, Kakaydi va Xayrabod garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

Prezident qarori asosida Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilayotgan harbiylar farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabulda 5 foizlik alohida kvota ajratilgan bo‘lib, tadbir davomida 52 nafar yigit-qizga ana shunday tavsiyanomalar topshirildi.

Tadbirda so‘z olganlar harbiylar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarga kelgusidagi o‘qish va hayot yo‘lida muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur imtiyozlar harbiy xizmatchilar farzandlarining bilim olishi, kasb egallashi va kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun