Murojaatlar endi mahallaning o‘zida hal etiladi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi yondashuv joriy etilmoqda.

Endilikda har bir mahalladagi “mahalla yettiligi” haftasiga kamida ikki marotaba sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolarning muammo va murojaatlarini joyida o‘rganadi hamda imkon qadar mahallaning o‘zida hal qiladi.

Tuman hokimi Ilhom Saparov murojaatlar ortida inson taqdiri turganini ta’kidlab, mas’ullarga aholi bilan yanada yaqin ishlash bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berdi.

Mazkur tizim aholi muammolarini tezkor hal etish, ochiq muloqotni kuchaytirish hamda xalq roziligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun