Yozgi oromgohlar mavsumga shaylanmoqda

Date:

Yozgi dam olish mavsumi oldidan bolalar oromgohlarida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hududlarni obodonlashtirish, yotoqxona va oshxonalarni ta’mirlash, sport maydonchalari hamda suzish havzalarini mavsumga tayyorlash ishlari jadallashgan.

Shuningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yong‘in xavfsizligi tizimlari tekshirilib, tibbiyot punktlari zarur vositalar bilan jihozlanmoqda. Tarbiyachilar uchun seminar-treninglar tashkil etilib, mazmunli yozgi dam olish dasturlari ishlab chiqilmoqda.

Bu yil oromgohlarda sport musobaqalari, ijodiy va ekologik tadbirlar hamda ko‘ngilochar dasturlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun