Ssuda va subsidiya imkoniyatlari kengaydi

Date:

O‘zbekistonda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi subsidiya va foizsiz ssudalar tizimi joriy etildi. Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarning bandligini ta’minlash, shuningdek, ish beruvchilarni rag‘batlantirish choralari kengaytirilmoqda.

Yangi tartibga muvofiq, o‘qituvchilarning kasbiy sertifikat olish xarajatlarining 50 foizi (lekin 8,2 mln so‘mgacha) davlat tomonidan qoplab beriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlikni boshlash yoki kengaytirish uchun 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 40 mln so‘mgacha foizsiz ssuda olishlari mumkin.

Shuningdek, ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki jazoni o‘tab chiqqan fuqarolarni ishga joylashtirish, ish o‘rinlarini moslashtirish hamda ularni kasbga tayyorlash xarajatlari uchun turli miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi.

Mazkur choralar aholi bandligini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda inklyuziv mehnat bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi. Talabgorlar my.gov.uz, “Yagona milliy mehnat tizimi” va “Online mahalla” platformalari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun