Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi nuroniy Ravshan Safarovga 2026-yilgi muqaddas Haj safari uchun “Prezident hojisi” yo‘llanmasi tantanali ravishda topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va tuman mutasaddilari ishtirok etib, Ravshan boboga davlatimiz rahbarining maxsus haj sertifikatini topshirdi hamda ezgu tilaklarini bildirdi.
Ta’kidlanganidek, “Prezident hojisi” maqomi xalq orasida hurmat qozongan, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan nuroniylarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ehtirom namunasidir.
Mazkur tashabbus mamlakatimizda inson qadri, mehr-oqibat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

