“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Date:

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi jangovar harakatlarda ishtirok etib, Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan serjant Muhiddin Eshtemirov xotirasiga bag‘ishlangan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha “Xotira turniri” yuqori saviyada tashkil etildi.

Turnirda Termiz shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol qatnashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jangovar mahoratini namoyish etdi. Bahslar davomida yosh qo‘l jangi ustalarining tezkor harakatlari, aniq zarbalari va himoyalanish usullari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ayrim ishtirokchilarning professional sportchilarga xos qat’iyat va iroda bilan harakat qilgani musobaqaga yanada shiddat bag‘ishladi.

Musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki qahramonlar xotirasiga hurmat va ehtirom ramziga aylandi. Turnir davomida yoshlar uchun mardlik, fidoyilik va Vatanga sadoqatning haqiqiy namunasi yana bir bor yodga olindi.

Yakunda faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun