9-may — hurmat va yuksak ehtirom bilan nishonlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida 9-may — Xotira va qadrlash kuni katta hurmat va yuksak ehtirom bilan nishonlanmoqda. Bugun erta tongda Termiz shahridagi Xotira maydonida o‘tkazilgan tantanali marosim xalqimizning fidoyi ajdodlari xotirasiga bo‘lgan cheksiz hurmati va vatanparvarlik tuyg‘ularining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, mehnat hamda urush faxriylari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Marosim davomida Termiz shahridagi da joylashgan Motamsaro Ona haykali poyiga harbiy orkestr sadolari ostida gulchambarlar qo‘yildi. Vatan ozodligi, xalq tinchligi va yurt ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi.

9-may — Xotira va qadrlash kuni nafaqat o‘tganlarni eslash, balki bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, jasorat va fidoyilik kabi ulug‘ qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bunday tadbirlar xalqimizning tarixiy xotirasini asrab-avaylash, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bugungi ehtirom va qadrlash tadbirlari Surxondaryoda tinchlik, vatanparvarlik va inson qadrini ulug‘lash azaliy qadriyat ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...

Ta’lim maskani yangilandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlar kelajagiga...
KunTun
KunTun