Til bilganga imkon keng

Date:

Bugungi globallashuv davrida ingliz tilini bilish oddiy ko‘nikma emas, balki zamon talabi va muvaffaqiyat kalitiga aylanmoqda. Ayniqsa, chet tillarini boshlang‘ich sinfdan o‘rgatish bolalarning intellektual rivoji va kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 5–11 yosh oralig‘ida bolaning miyasi yangi tillarni tez va tabiiy qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi so‘z va iboralarni oson o‘zlashtirib, muloqot qilishga tez moslashadi. Eng muhimi, ular xato qilishdan qo‘rqmaydi va tilni erkin o‘rganadi.

Ingliz tilini o‘rganish nafaqat til ko‘nikmasini, balki bolaning umumiy fikrlash salohiyatini ham rivojlantiradi. Ikki tilda so‘zlashuvchi bolalarda mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash va tez qaror qabul qilish qobiliyati kuchliroq shakllanadi. Darslarda qo‘llaniladigan o‘yinlar, qo‘shiqlar, multfilmlar va interaktiv metodlar esa bolalarning qiziqishini oshirib, ta’lim jarayonini samarali qiladi.

Bugungi kunda ingliz tili dunyo ilm-fani, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro muloqotga yo‘l ochuvchi asosiy vositalardan biridir. Shu bois yosh avlodga til o‘rgatish — ularning kelajagiga qaratilgan eng muhim sarmoyalardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinfda ingliz tilini o‘qitish farzandlarning nafaqat bilimli, balki raqobatbardosh va zamonaviy fikrlaydigan shaxs bo‘lib voyaga yetishida muhim o‘rin tutadi. Zero, til bilgan avlodning imkoniyatlari ham keng bo‘ladi.

Maxfuza Xidirova,

DTPI katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shunday o‘g‘ling bo‘lsa!

43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni...

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi...

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...
KunTun
KunTun