MA’NAVIYAT SARI  YO‘L 

Date:

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Toshkent shahridagi tarixiy va diqqatga sazovor maskanlarga sayohat tashkil etildi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari ijrosi doirasida institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar bahorning betakror manzaralari, yashil tabiat va qizg‘aldoqlarga burkangan go‘zal maskanlardan zavq oldilar. Bu manzaralar nafaqat ko‘ngillarga huzur bag‘ishladi, balki yurtimiz tabiatining go‘zalligi va boyligini yana bir bor his etishga imkon yaratdi.

Tashrifning eng muhim manzillaridan biri Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. Zamonaviy me’morchilik va boy ilmiy-ma’rifiy meros uyg‘unlashgan ushbu maskan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Markazdagi nodir qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar va interaktiv ekspozitsiyalar ajdodlarimizning ilm-fan hamda madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etdi. Ayniqsa, buyuk allomalar merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar jamoada faxr va g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirdi.

Safar davomida Zangi ota ziyoratgohiga tashrif ham amalga oshirildi. Ushbu muqaddas maskandagi sokin va fayzli muhit ishtirokchilarga ruhiy taskin bag‘ishladi. Yakunda Toshkent teleminorasidan poytaxt manzarasini tomosha qilish sayohat qatnashchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy safar nafaqat dam olish, balki tarixiy merosimizni chuqurroq anglash, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday tashabbuslar jamoada birdamlikni kuchaytirish, ma’naviy muhitni boyitish hamda yosh avlodga tarix va madaniyatimizni targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi.

Anorxol Amanova,

 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

Oldingi sahifaQoraxat
Keyingi sahifaTil bilganga imkon keng

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...

Xakatonda g‘olib

Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Jahongir Mamasoliyev "InfoCheck...

“Sog‘lom ayol — kuchli jamiyat”

Xotin-qizlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini...
KunTun
KunTun