B1 daraja endi imtiyoz beradi

Date:

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy etildi. Endilikda B1 darajadagi sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz berish tizimiga kiritildi. Bu esa abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat va yengillik yaratadi.

Yangi tartibga ko‘ra, ilgari imtiyoz faqat B2 va undan yuqori darajalar uchun amal qilgan bo‘lsa, endi B1 daraja uchun 75 foiz ball beriladi. B2 va undan yuqori darajalar esa 100 foiz imtiyozni ta’minlaydi.

Mazkur qoidalar chet tili asosiy yoki qo‘shimcha fan sifatida belgilangan barcha ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etiladi.

Umuman olganda, bu yangilik yoshlarni chet tillarini o‘rganishga yanada rag‘batlantiradi hamda oliy ta’limga kirish jarayonida adolatli va keng imkoniyatlar yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun