Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Date:

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlaydigan bebaho merosdir. Shu jihatdan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat madaniy bayram, balki an’analarni asrash va targ‘ib etish maydoni sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Festival doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib jamoalarga pul mukofotlari hamda statuetkalar topshirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax viloyatining “Bog‘don” folklor-etnografik xalq jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham eng munosib jamoalar e’tirof etildi. Sirdaryolik “Sayxun yigitlari” milliy qadriyatlarni yorqin aks ettirgani uchun, Surxondaryoning “Surxon dorbozlari” maydon tomoshasidagi mahorati uchun, Toshkent shahrining “Ohangrabo” jamoasi sahnaviy uyg‘unligi uchun taqdirlandi. Indoneziyaning “Ki Ageng Ganjur” ansambli an’analarni targ‘ib etishdagi hissasi bilan ajralib turgan bo‘lsa, “Farg‘ona gavhari” jamoasi milliy urf-odatlarni badiiy talqinda mukammal ifoda etgani uchun e’tirof etildi.

Mazkur festival milliy san’atimizning boyligini namoyon etish, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekologik nazorat kuchaytirildi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va qurilish jarayonlarida ekologik me’yorlarga rioya...

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga zamonaviy uylar topshirildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va...

MyGov orqali taqiqlanadi

O‘zbekistonda mulk egalarining huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish va...

Javobgarlik qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolar uchun qulayliklarni oshirishga...
KunTun
KunTun