Saralashda sarasi aniq

Date:

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng muhim poydevoridir. Aynan shu bosqichda bolalarda bilimga qiziqish, ijodkorlik va shaxsiy fazilatlar shakllanadi. Shu bois tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Surxondaryo viloyatida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi boshlandi. Termiz shahridagi 26-maktabda tanlovning ilk sharti — test sinovlari o‘tkazilib, unda hududlardan saralab olingan 80 nafar ishtirokchi o‘z bilim va salohiyatini namoyish etmoqda.

Tanlov davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari kesimida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, unda innovatsion yondashuv, ijodkorlik, ma’naviy tarbiya va bolalar bilan ishlashdagi ilg‘or usullar asosiy mezon sifatida baholanadi.

Mazkur tanlov nafaqat eng yaxshi tarbiyachilarni aniqlash, balki sohada sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun