Jasorat unutilmaydi

Date:

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini saqlab qolgan Buyuk Britaniya fuqarolari — Jon Le Breton va Fillis Emili Le Breton O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Tegishli farmon Prezidentimiz tomonidan imzoladi.

Ma’lum qilinishicha, Ikkinchi jahon urushi yillarida ular Jersi orolida fashistlar lageridan qochgan Boqijon Akramovni o‘z uyida yashirib, hayotini saqlab qolgan. Tahlikali vaziyatga qaramay, ular insonparvarlik va jasorat namunasi ko‘rsatgan.

Mazkur e’tirof urush yillaridagi fidoyilik va insoniylik qadriyatlari unutilmasligini, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat har qanday davrda yuksak qadrlanishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Oila a’zolari askarni o‘z yaqinidek qabul qilib, uning xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus yashirin joylar tayyorlagan. U bolalar bilan yaqin munosabat o‘rnatib, oilaning bir a’zosiga aylangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Biologik himoya — mo‘l hosil garovi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Baxtiyor...

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...

Fuqarolar murojaatlari – doimiy e’tibor markazida

Aholini qiynayotgan muammolarni tinglash, ularga qonuniy va amaliy yechim...

Shaxmat – imkoniyatlar maydoni

“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” doirasida nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida...
KunTun
KunTun