Muammoli kreditlar nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar izchil davom etmoqda. “Agrobank” ATB Termiz filiali hamda Majburiy ijro byurosi hamkorligida hududlarda maxsus ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu guruhlar tarkibiga bank, majburiy ijro, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va tibbiyot muassasalari vakillari jalb etilib, jarayonlarning samaradorligi oshirilmoqda.

Navbatdagi tadbir Termiz tumanidagi bir qator mahallalarda o‘tkazilib, qarzdor fuqarolar bilan manzilli ishlash, qonunchilik asosida majburiy ijro choralarini qo‘llash orqali qarzdorliklarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday yondashuv hududlarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, kredit intizomini mustahkamlash va iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...

Fuqarolar murojaatlari – doimiy e’tibor markazida

Aholini qiynayotgan muammolarni tinglash, ularga qonuniy va amaliy yechim...

Shaxmat – imkoniyatlar maydoni

“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” doirasida nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida...

ISLOHOTLAR KUCHINI BIRLASHTIRGAN HAMKORLIK

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish,...
KunTun
KunTun