Jasorat maktabi: amaliy va tarbiyaviy uchrashuv

Date:

Surxondaryo viloyatida Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamkorligida “Jasorat maktabi”ga jalb qilingan va otaliqqa olingan 100 nafar yosh ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tashabbus yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni Milliy gvardiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.

Tadbir davomida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilib, unda yoshlarga o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar Milliy gvardiyaning faoliyati, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yoshlar uchun kamondan o‘q otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilib, ular o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazish, diqqat va aniqlikni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu jarayon ularda katta qiziqish va faollik uyg‘otdi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yoshlar uchun nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy va motivatsion ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar ularning vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun