Boysunda “Jamoatchilik patruli” faoliyat yuritadi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori hamda Surxondaryo viloyati hokimining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumanida jamoat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan amaliy choralar kuchaytirildi.

Mahallalarda profilaktika inspektorlari boshchiligida mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, nuroniylar va ko‘ngilli yoshlardan iborat “Jamoatchilik patruli” guruhlari tashkil etildi. Ular tungi vaqtlarda hududlarda navbatchilik qilib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda. Patrul a’zolari maxsus jihozlar — jilet, fonarik va hushtaklar bilan ta’minlandi.

Shu bilan birga, guruh ishtirokchilariga qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, xizmatni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur tashabbus mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va aholi xavfsizligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun