Zakovat maydonida bellashuv

Date:

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni bilimga chanqoq va keng fikrlaydigan shaxs sifatida tarbiyalash bugungi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirishga qaratilgan qarori asosida Uzun tumanida muhim tadbir tashkil etildi.

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan jamoalar o‘z bilimlarini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini hamda hozirjavobliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Savollar maktab dasturiga oid fanlar asosida tuzilib, o‘quvchilarning keng dunyoqarashi va tezkor tafakkuri alohida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 54-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi va tuman bosqichining g‘olibi sifatida e’tirof etildi.

Mazkur intellektual o‘yinlar yoshlar o‘rtasida bilimga qiziqishni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va kelajakda yetuk, tafakkuri keng avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun