Sport — yangi milliy yondashuv

Date:

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishga qaratilgan yangi tizimli islohotlar bosqichi boshlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yangi qarorlarga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan xodimlar uchun sport infratuzilmasini yaratishga sarflangan xarajatlar foyda solig‘i bazasidan chegiriladi, jalb etilgan trenerlar uchun esa soliq yuki sezilarli darajada kamaytiriladi. Shuningdek, davlat va xususiy sektorda haftada bir kun “sport kuni” sifatida joriy etilib, muntazam jismoniy faollik tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

Yig‘ilishda “mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida yangi seleksiya va tayyorgarlik tizimi yaratish, oliygoh talabalari ishtirokida dual ta’lim asosida sport to‘garaklarini rivojlantirish ham muhim vazifa sifatida belgilandi. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida sport natijalarini tahlil qilish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va shaffof tizimni shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sportni ommalashtirish orqali yil davomida muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 2 barobarga oshirib, 1 million nafarga yetkazish maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun