Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida yashovchi Gavhar Murodova tomorqasidan unumli foydalanib, oilasi farovonligini ta’minlab kelmoqda.
U hovlisida kartoshka va turli ko‘katlar yetishtirib, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirgan. Shuningdek, asalarichilik bilan shug‘ullanib, tabiiy asal mahsulotlari olmoqda. Bu esa xo‘jaligida mahsulotlar xilma-xilligini oshirib, daromad manbalarini kengaytirmoqda.
Gavhar Murodovaning mehnatsevarligi tomorqadan samarali foydalanish orqali nafaqat oilaviy ehtiyojlarni qondirish, balki qo‘shimcha daromad topish mumkinligini ko‘rsatadi. U mahalladoshlari uchun ham ibrat bo‘lib, aholining bandligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

