Tafakkurning tirik tizimi

Date:

Globallashuv va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda har bir millatning o‘zligini saqlab qolishi, avvalo, uning ona tiliga bo‘lgan munosabati va uni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganishi bilan bog‘liqdir. Shu ma’noda, Termiz davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi olimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar o‘zbek tilining nafaqat bugungi holatini, balki uning tarixiy ildizlari va kelajak istiqbollarini ham qamrab olgan holda muhim ilmiy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mazkur ilmiy izlanishlarda til oddiy aloqa vositasi sifatida emas, balki millatning madaniy kodi, tarixiy xotirasi va ijtimoiy ongini aks ettiruvchi murakkab tizim sifatida talqin etilmoqda. Xususan, etnografizmlar, shevalar, antroponimlar va jargon qatlamlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar tilning yashirin qatlamlarini ochib berib, uning ichki boyligi va rang-barangligini namoyon etadi. Bunday yondashuv yo‘qolib borayotgan leksik birliklarni tiklash, ularni ilmiy muomalaga qaytarish hamda milliy o‘zlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, onomastika va ergonimika yo‘nalishlaridagi izlanishlar tilning amaliy ahamiyatini yanada oshirmoqda. Hududiy nomlar, muassasa va tashkilotlar nomlari orqali jamiyatning madaniy qiyofasi, estetik didi va ijtimoiy tafakkuri tahlil qilinmoqda. Bu esa davlat tilining nufuzi va jamoatchilik ongidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, toponimik obyektlarni ilmiy asosda o‘rganish va raqamlashtirish kelajakda turizm hamda hududiy brending rivoji uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Zamonaviy tilshunoslikda muhim o‘rin egallayotgan diskurs tahlili esa tilning bugungi ijtimoiy funksiyasini anglash imkonini bermoqda. Reklama matnlari, ommaviy axborot vositalari va kundalik muloqotdagi til xususiyatlarini o‘rganish orqali o‘zbek tilining zamonaviy kommunikatsiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari kengaymoqda.
Olib borayotgan izlanishlar o‘zbek tilini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit ilmiy tizimni shakllantirmoqda. Bu tadqiqotlar tilni faqat saqlab qolish emas, balki uni zamon bilan hamnafas holda rivojlantirish, uning ijtimoiy va ilmiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Tilga bo‘lgan bunday ilmiy va ongli yondashuv esa millatning kelajagini belgilovchi eng muhim omillardan biridir.

Hamid Bozorov,
TerDU o‘qituvchisi

Oldingi sahifaEng kuchli himoya

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tafakkurning tirik tizimi

Globallashuv va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda har...

Eng kuchli himoya

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi nafaqat davlat siyosatining...

Termiz chorrahasida: turizm va xavfsizlik

So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyati, xususan Termiz shahri nafaqat tarixiy-madaniy...

Sud: shakldan mazmunga…

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari mazmun-mohiyati jihatidan...
KunTun
KunTun