Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi. Mahallada uzoq kutilgan yangi ko‘prik qurib bitkazilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Mazkur ko‘prik mahalla aholisi uchun qulaylik yaratib, hududdagi qatnovni yanada yengillashtirishi bilan ahamiyatlidir.

Ko‘prikning ochilish marosimida tuman hokimi Farrux Xoliqov ishtirok etib, mahalla aholisini ushbu muhim voqea bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ushbu ezgu tashabbus amalga oshishida faol ishtirok etgan mahalla faollari va aholi vakillariga minnatdorlik bildirildi. Yangi ko‘prik nafaqat yo‘l qatnovini osonlashtiradi, balki mahalla aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini ham yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun