Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

Date:

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. Ushbu tashabbus 2026-yil 27-martdagi Prezident qarori asosida amalga oshirilib, yoshlarning kelajakda jamiyatga muvaffaqiyatli qaytishini ta’minlashga qaratilgan.

Yangi tizim doirasida mahkumlarga raqamli kasblar, xorijiy tillar hamda zarur mehnat ko‘nikmalari o‘rgatiladi. Bu esa ularning bilim saviyasini oshirib, ozodlikka chiqqandan so‘ng munosib ish topish imkoniyatlarini kengaytiradi. Loyiha “Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya dasturi asosida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Dastlab Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yo‘lga qo‘yilib, keyinchalik butun respublika bo‘ylab kengaytiriladi.

Mazkur tashabbus jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik yondashuvini kuchaytirib, yoshlarni ta’lim va kasb orqali qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga moslashuvini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun