Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Date:

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida markaz xodimlarining ish taqsimoti, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Tuman hokimi har bir xodim bilan alohida suhbatlashib, ularning faoliyati va zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Hozirda markazda 35 nafar xodim samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Xodimlar ish unumdorligini yanada oshirish maqsadida markazga qo‘shimcha ravishda 17 dona zamonaviy monoblok kompyuterlar topshirildi.

Shuningdek, tuman hokimi xodimlarga o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish, belgilangan rejalar asosida ish olib borish hamda aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun