Termizda xalqaro biznes-forum

Date:

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo (O‘zbekiston) – Shansi (Xitoy) biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, hududlararo hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Forum davomida Surxondaryo viloyatining iqtisodiy, eksport va investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi, shuningdek, amaliy muzokaralar olib borildi. Yakunda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Mazkur forum hududga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun