Ishchi guruh manzili — Surxondaryo!

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi ijrosi bilan tanishish hamda yigit-qizlarga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadidagi o‘rganishlar qizg‘in davom etmoqda.

Respublika komissiyasi aʼzolari Termiz davlat universitetida bo‘lib, talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berdilar. Shundan so‘ng, universitetning Ilmiy-tadqiqot markazida talaba-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, xususan, sunʼiy intellekt asosida joriy etilgan boshqaruv tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev universitet yoshlarning startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. E’tiborlisi, kelajagi porloq bo‘lgan eng istiqbolli biznes g‘oyalar va loyihalar Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Yoshlar venchur fondi orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi belgilab olindi.

Shu bilan bir qatorda, talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda yigit-qizlarning kelajakdagi muhim rejalari atrofida qizg‘in suhbat olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun