Samaradorlik oshiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va dasturlar ijrosini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.

Tumandagi 24-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilishda mas’ullar va pudratchilar ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi. Xususan, 15 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash hamda qiymati 60,4 mln dollar bo‘lgan “Oqtosh–Poshxurt” ichimlik suvi loyihasining amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Fidokor” mahallasidagi 24-maktabda 192 o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash ishlari davom etayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida qurilish samaradorligini oshirish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun