Buyuklikka yo‘l…

Date:

Kitob insoniyat yaratgan eng buyuk mo‘jizalardan biridir. U sukut saqlagan holda biz bilan gaplashadi, o‘tmishimizni hikoya qiladi, kelajak sari yo‘l ko‘rsatadi. Kitobning har varag‘ida ilm bor, hikimat, saboq va ibrat bor. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ilmni insonni komillikka yetkazuvchi eng muhim vosita deb bilgan. Alloma asarlari hanuzgacha qalblarni tarbiyalaydi, ezgullika chorlaydi.

Buyuk bobolarimiz hayoti bizga shuni o‘rgatadiki, buyuklik sari yo‘l kitobdan boshlanadi. Ayniqsa, yoshlar uchun kitob bebaho xazinadir. Yosh qalbga singgan har bir yaxshi so‘z, har bir ibratli hikoya kelajakda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Kitob o‘qigan yosh — kelajak bunyodkori, ma’rifatli jamiyat tayanchidir.

Kitob — qalbni yorituvchi nur, ongni charxlovchi qudratdir. Kitob bilan do‘stlashgan inson hech qachon zulmatda qolmaydi. Shunday ekan, har kun mutolaa qilishni odat qilaylik, chunki kitob — komillik sari ochilgan eshikdir.

I.Yahyoyeva,

Sariosiyo tumani Axborot-kutubxona markazi Fondlarni saqlash, to‘ldirish va ularga ishlov berish xizmati rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat ko‘rsatkichi muhim

Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilimini tashqi diagnostikadan o‘tkazish...

Yoshlar fikri islohotlar markazida

“Yuksalish” harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar...

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...
KunTun
KunTun