“Qalqon” yana peshqadam!

Date:

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasi yoshlar uchun muhim sinov maydoniga aylandi.

Musobaqada Termiz davlat universiteti sharafini himoya qilgan “Qalqon” jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, yana bir bor o‘z ustunligini namoyish etdi. Jamoalar kamondan otish, harbiy estafeta, AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, arqon tortish hamda tosh ko‘tarish kabi shartlar bo‘yicha kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Qalqon” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ushbu g‘alaba yoshlarning harbiy tayyorgarligi, intizomi va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...

“Mening  hayotimda  sendan  oldin  bor  edi…”

Jamiyat yaralibdiki, oilani boshqarish, oilaning tinchligi, farovonligi, xotirjamligi, oila...

Qulaylik yaratilmoqda

Uzun tumani markazidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R108 avtomobil yo‘lining...
KunTun
KunTun