Insonparvarlik yordami yetkazildi

Date:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi. 17 ta yuk mashinasida 300 tonnadan ortiq oziq-ovqat va zarur mahsulotlar Balx viloyatiga olib borildi.

Yuklar Hayraton shahrida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Respublikasining Afg‘onistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oybek Usmanov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.

Mazkur yordam tarkibiga un, guruch, go‘sht mahsulotlari, shakar, yog‘, makaron va boshqa zarur tovarlar kiradi. Ushbu ezgu tashabbus ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir sharoitdagi aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun