Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

Date:


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Bandixon tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Chinor mahallasidagi “KHilal Vortex” MCHJ korxonasiga yoshlar uchun sayohat tashkil etildi.

Qariyb 188,7 milliard so‘mlik loyiha asosida faoliyat yuritayotgan mazkur korxona yuqori sifatli ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Sayohat davomida yoshlar zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ushbu tashabbus ularning sanoat va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘naltirish hamda kelajakda bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun