Qadriyatlar qadr topgan kun

Date:

Yurtimizda qadimdan keng nishonlanib kelayotgan Navro‘z – bahor va yangilanish bayrami, mehr-oqibat va ezgulik timsoli sifatida odamlarni birlashtiradi. Shu ruhda Angor tumanida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bayram tadbiri boshlandi. Tadbir doirasida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar keng namoyon bo‘ldi. Xalq sayllari, madaniy-konsert dasturlari, milliy o‘yinlar va turli ko‘rgazmalar tomoshabinlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Tuman hokimi Qosim Mardonov yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan muborakbod qilib, Navro‘zning yangilanish, ezgulik va bag‘rikenglik timsoli ekanini ta’kidladi hamda barchani birdamlik va yurt taraqqiyoti yo‘lida faol bo‘lishga chorladi.

Bayram konsertida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Ziyoda ishtirok etib, diltortar qo‘shiqlari bilan tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi. Tadbir davomida Navro‘zga xos milliy qadriyatlar va umumxalq shodiyonasi yaqqol namoyon bo‘ldi, aholiga ko‘tarinki ruh va shodlik ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun