Kelishuvga erishildi

Date:

Majburiy ijro byurosining Muzrabot tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra, tumanning Fayziobod mahallasida yashovchi fuqaro Botir Bozorov ajrashganidan so‘ng 2021-yilda tug‘ilgan farzandi uchun oyma-oy aliment to‘lab kelayotgan edi.

Davlat ijrochilari tomonidan yosh oilani yarashtirish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lsa-da, ayrim sabablarga ko‘ra buning imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, ota farzandi kelajagini o‘ylab, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishuvga erishdi. Natijada u aliment to‘lovi sifatida 100 million so‘m mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi.

Aliment oluvchi tomon ushbu mablag‘ni farzandining kelajagi uchun sarflashini bildirib, ijro hujjatini qaytarib olish istagini ma’lum qildi. Hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilib, qarzdorga nisbatan qo‘llangan cheklov choralari bekor qilindi va ijro ishi tugatildi.

Bu holat ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyati qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi. Chunki aliment mablag‘i ota yoki ona mehrini to‘liq o‘rnini bosa olmasa-da, farzandning munosib ta’minoti va kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlik — tafakkur poydevori

Yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda...

Tashabbusli byudjet: ochiqlik kuchaytiriladi

Fuqarolarning mahalliy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbusli...

Eng kuchli polvonlar aniqlandi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy...

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...
KunTun
KunTun