Profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda

Date:

 “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Termiz shahri hududida profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Xususan, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida “Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olish yuzasidan FVDqT hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotlarda tegishli xizmatlar va mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirok etib, kasallik bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, uni erta aniqlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda tezkor va samarali choralar ko‘rish bo‘yicha nazariy seminar o‘tkazildi.

Shuningdek, seminar yakunida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, soha xodimlari kasallik aniqlangan holatlarda amalga oshiriladigan tezkor choralar, zarur himoya vositalaridan foydalanish hamda epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini yana bir bor mustahkamlab oldilar. Bunday o‘quv mashg‘ulotlari favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, mas’ul xizmatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi salomatligini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kurash qizgʻin pallada

“Boysun bahori” turizm kompleksi hududida milliy kurash bo‘yicha qizg‘in...

Turizm sohasida yangi imtiyozlar joriy etiladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali sohada bir...

Sport va an’analar uyg‘unligida

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat milliy urf-odatlar, qo‘shiq...

Gran-pri va Istanbul sari yo‘l!

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida o‘tkazilgan nufuzli ko‘p yo‘nalishli xalqaro...
KunTun
KunTun